Iqtisodiyotni liberallashtirish shiddat bilan amalga oshirilayotgan hozirgi  davrda mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash kabi katta vazifalarni amalga oshirish investitsiya loyihalarisiz bo‘lmaydi. Yo‘naltirilayotgan moliyaviy resurslar samaradorligini  ta’minlash mamlakatda qabul qilinayotgan investitsiya loyihalarini har tomonlama mukammal ishlab chiqilganligini talab etib, aynan shu kabi masalalar mazkur fanning dolzarbligini asoslaydi.