🆘Hurmatli talabalar diqqatiga!🆘

🆘Sizlarga eslatma - o’quv jarayoni tashkil etish xujjatlariga asosan

1. 4-ta fandan birinchi qaydnomada o’zlashtira olmagan talabaga qayta o’zlashtirish imkoni berilmaydi va ushbu talaba kursdan kursga qoldiriladi. 🅾️
2. Grant shaklida o’qigan talabaning 30 % baholari "3"-qoniqarli bo’lsa - keyingi semestr stipendiya olmaydi! 🅾️

🆘YAN o'tkazish tartibi:

1. Yakuniy nazoratga oraliq nazoratda ijobiy baholangan talaba qo'yiladi✅
2. Yakuniy nazorat test savollarini xar birini ishlab yechishi uchun 2 daqiqadan vaqt beriladi - fan xususiyatidan kelib chiqib savollar sonini o'qituvchi belgilaydi, 20 tadan oshmaslik tavsiya berilgan.✅
3. Xar bir fandan yakuniy nazorat testini ishlash uchun 2-ta urinish berilib yuqori olgan bahosi hisobga olinadi!
4. Fandan yakuniy nazorat testini ishlash uchun 3 kun muddat beriladi! ⭕️

YUqoridagi imkoniyatlardan siz unumli foydalaning - internet yaxshi ishlaydigan joyni va internetga kirish qurilmasini topib so'ng testlarni ishlang!