Mexatronika va robototexnika

MEXATRON MODULLAR VA ROBOTLARNING YURITMALARI
Saida AtajonovaJavlonbek RaxmatillayevUmidjon TakabayevOybek Xolmatov

MEXATRON MODULLAR VA ROBOTLARNING YURITMALARI

“Mexatron modullar va robotlarning yuritmalari” o’quv fani asosiy umumkasbiy fan hisoblanib, 4-semesterda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejada rejalashtirilgan matematik va tabiiy, umumkasbiy fanlardan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.

Mazkur fan boshqa mutaxassislik fanlarining nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o’z rivojida aniq yo’nalishdagi mutaxassislik fanlar uchun zamin bo’lib xizmat qiladi.

Mikrokontrollerlar va ularni dasturlash asoslari 2 (MR)
Shavkatbek MamatbekovTursunboy TurgunovOybek XolmatovBotirjon Xolmurotov

Mikrokontrollerlar va ularni dasturlash asoslari 2 (MR)

Ushbu fan mikrokontrollerlar, mikrokontrollerlarga asoslangan boshqarish tizimlari va ularni dasturlashga oid dolzarb va istiqbolli masalalar, ularni o’qitishda ilg’or kompyuter texnologiyalaridan foydalanish masalalarini qamrab oladi.

            «Mikrokontrollerlar va ularni dasturlash asoslari» o’quv fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs  hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish uchun o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (Oliy matematika, Fizika, Axborotni qayta ishlash va algoritmlash), umumkasbiy (Cxematexnika va mikroprotsessorli  tizimlar; Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari; Yuqori kuchlanish elektronikasi; Boshqarish nazariyasi) fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi. Mazkur fan boshqa mutaxassislik fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o’z rivojida aniq yo’nalishdagi mutaxassislik fanlar uchun zamin bo’lib hizmat qiladi.

Sxematexnika va mikroprotsessorli tizimlar 2 (MR)
Muhiddin AtajonovShavkatbek MamatbekovShoxruxmirzo OripovOybek Xolmatov

Sxematexnika va mikroprotsessorli tizimlar 2 (MR)

Ushbu fan analog va raqamli tizimlarda qo‘llaniladigan elementlarning va mikroprotsessorli tizimlarning vazifalari, ishlash printsiplari, o‘zaro bog‘lanishi va ularning informatika va axborot texnologiyalarida qo‘llash masalalarini qamrab oladi. Sxematexnika va mikroprotsessorli tizimlar qurilmalarida kechadigan fizik jarayonlarni mohiyatini tushunishda talabalarga zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.

“Sxematexnika va mikroprotsessorli tizimlar” o‘quv fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs xisoblanib, 3- va 4-semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (“Matematika”. “Fizika”, “Axborot texnologiyalari”) va umumkasbiy ("Elektrotexnika va elektronika”. “Yuqori kuchlanish elektronikasi”) fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi. Mazkur fan boshqa mutaxassislik fanlarning, jumladan: “Mikrokontrollerlar va ularni dasturlash asoslari”, “Mikro- kontrollerli boshqarish tizimlari” va “Robotlar va robototexnik tizimlar”, “Mobil robotlar” nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida anik yo‘nalishdagi mutaxassislik fanlar uchun zamin bo‘lib hizmat qiladi.